Belgilangan narxlarni oshirish alomatlari bo‘yicha dorixonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

19.03.2025 30

Raqobat qo‘mitasi: Belgilangan narxlarni oshirish alomatlari bo‘yicha dorixonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Raqobat qo‘mitasiga “FAIR TECH” yagona axborot tizimi orqali Toshkent shahrida joylashgan dorixonalar tomonidan dori vositalarini sotishda belgilangan savdo ustamalariga rioya etilmayotganligi yuzasidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda “WHOLE PHARM” MCHJ, “YOUNG PHARM” MCHJ va “SHIPOVNIK FARM MEDICAL” MCHJ tomonidan asossiz daromadlar olinganligi aniqlangan

Ushbu holatlar yuzasidan qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “WHOLE PHARM” MCHJ va “YOUNG PHARM” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, “SHIPOVNIK FARM MEDICAL” MCHJga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish jarayoni davom etmoqda.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida, jami 573 million so‘mdan ortiq asossiz olingan mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.